Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdan Gruziya poytaxtiga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkentdan Gruziya poytaxtiga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi 2019-yil 16-iyuldan boshlab Toshkent- Tbilisi -Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Qatnovlar haftasiga 2 marta, seshanba va juma kunlari quyidagi jadvalga asosan bajariladi.

  Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 - Tbilisi 18:30

 Seshanba: HY-746 Tbilisi 19:30 - Toshkent 23:50

 Juma: HY-745 Toshkent 08:00 - Tbilisi 10:40

 Juma: HY-746 Tbilisi 11:40 - Toshkent 16:00

 Parvozlar zamonaviy Airbus-320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Joriy yilning 9-aprel kuni Toshkent halqaro aeroportiga ikkinchi Airbus A320nyeo havo layneri olib kelingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring