Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi issiqxonada shinalar yoqilgani aniqlandi

Toshkentdagi issiqxonada shinalar yoqilgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Bektemir tumanida korxonalardan atmosferaga zaharli gazlar chiqarilayotgani haqida xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Bektemir tumani inspektorlari tomonidan o‘rganilgan. O‘rganish natijasida tumandagi «Bekuz kelajak» issiqxonasining filtrlovchi moslamalari nosoz ekanligi, shuningdek, olov yoqishda avtomobil shinalaridan foydalanilganligi, ekologik ekspertizadan o‘tmaganligi va «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan issiqxona mas’ul xodimidan tushuntirishi xati olinib, qozonxonani ta’mirlash, maxsus chang-gaz ushlab qoluvchi filtrlarni yangilash hamda avtotransport shinalarini yoqmaslik to‘g‘risida ogohlantirildi.

Hozirda holat yuzasidan tegishli chora ko‘rish va atrof-muhitni ifloslantirganligi bo‘yicha hisob kitob ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring