Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda tartibbuzar avtobus oynasini sindirib, qochib ketdi

Toshkentda tartibbuzar avtobus oynasini sindirib, qochib ketdi

Foto: «Google.com»

Bugun poytaxtimiz ko‘chalarida qatnayotgan jamoat transporti, xususan, yangi keltirilgan avtobuslar hamda uning imkoniyatlari haqida bilmagan, eshitmagan hamyurtimiz bo‘lmasa kerak. Ushbu transport vositalari xalqimiz mulki bo‘lib, uni asrab-avaylash har birimizning fuqarolik burchimiz ekanligini qayta-qayta eslatib boryapmiz. Biroq, shunga qaramay hamon hamyurtlarimiz orasida avtobuslarga zarar keltirish, ularni ba’zan texnik yaroqsiz holga keltirish holatlari uchrab turibdi.

Jumladan, joriy yil 13 may kuni 4-avtobus saroyi tasarrufidagi 38-yo‘nalishda qatnovchi saroy raqami 37 bo‘lgan «Mersedes-bens» rusumli avtobusda ana shunday nohush voqea yuz berdi. Yo‘lovchi yigit hech bir sababsiz salon ichida to‘siq maqsadida o‘rnatilgan oynani sindirib, avtobusdan tushib qochib ketgan. Boshqa yo‘lovchilarning guvohlik berishicha atrofdagilarga hech qanday zarar yetmagan. Ammo yigitning o‘zi jarohat olgan.

Ushbu voqea yuzasidan ichki ishlar organiga xabar berilgan.

Yuz berayotgan ana shunday holatlarni inobatga olib, «Toshshahartransxizmat» AJ rahbariyati barcha yo‘lovchilar va shahrimiz mehmonlaridan jamoat transportlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni, uni asrab-avaylab, ko‘p yillar xalqimizga soz holda xizmat qilishiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini yana bir karra so‘rab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring