Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «pasport stoli» dam olish kunlari ham ishlaydi

Toshkentda «pasport stoli» dam olish kunlari ham ishlaydi

Foto: «Sputnik»

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘yicha tuman bo‘limlari shanba va yakshanba kunlari ham ishlashini eslatib o‘tdi.

Endilikda mazkur bo‘lim uchun shanba va yakshanba kunlari ham sh kunlari hisoblanadi. Ular soat ertalabki 8:00dan kechki 20:00ga qadar ishlaydi.

Bu holat fuqarolarning biometrik pasport olishi uchun vaqtni qulaylashtirish uchun qilinmoqda.

IIBB 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab biometrik pasporti bo‘lmagan fuqarolarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari haqiqiy emas deb topilishini eslatib o‘tgan. 2020-yilning 1-yanvariga qadar barcha O‘zbekiston fuqarolarida biometrik pasport bo‘lishi lozim.

Shuningdek, yakshanba kunlari Toshkent shahrida barcha Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga pasport va viza rejimi bo‘yicha istalgan masalada murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Jumladan, xorijga chiqish pasportini olish, propiskaga qo‘yish, propiskadan chiqish istagida bo‘lgan fuqarolar ham o‘zlarining dam olish kunlarida MvFRB ga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring