Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda intellektual o‘yinlar bo‘yicha III Yevroosiyo Kubogi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda intellektual o‘yinlar bo‘yicha III Yevroosiyo Kubogi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda 10-11 avgust kunlari Xalqaro Shodiyev fondi tomonidan tashkil etilgan intellektual o‘yinlar bo‘yicha III Yevroosiyo Kubogi bo‘lib o‘tdi. Tadbir o‘zida «Nima? Qayerda? Qachon?» mashhur o‘yinining sportversiyasini, «Svoya igra» individual musobaqasi va «Hamsa» jamoa viktorinasini o‘zida mujassam etgan.

Musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Germaniya, Latviya va boshqa davlatlardan 28 ta jamoa qatnashdi. Bu nafaqat intellektual musobaqalar uchun maydon, balki xalqaro miqyosda samarali tajriba almashish va intellektual o‘yin ustalari bilan yangi o‘yinchilarni tanishish imkoniyatiga aylandi.

Ikki kun davom etgan musobaqada eng kuchli jamoalar va faxriy o‘rin sohiblari aniqlandi. Tadbirning asosiy musobaqasi - «Nima? Qayerda? Qachon?» o‘yini bo‘yicha g‘olib va​​kumush medal sohiblari O‘zbekiston vakillari bo‘lishdi. Yan Sadkovskiy yetakchiligidagi «Misteriya» jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Abdulaziz Jalilov boshchiligidagi «KAD» jamoasi faxriy ikkinchi o‘rinni egalladi. «Svoya igra» individual turnirida latviyalik Maksim Kraynov g‘olib deb topilgan bo‘lsa, «Hamsa» viktorinasida Maksim Potashev boshchiligidagi «Afina» jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring