Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 2 ta zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi (foto)

Toshkentda 2 ta zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi (foto)

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Poytaxtimizning Shayxontohur va Sergeli tumanlarida «Obod mahalla» dasturi doirasida tubdan rekonstruksiya qilingan maktabgacha ta’lim maskanlari foydalanishga topshirildi. Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Muassasalarning ochilish marosimida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi, Sergeli va Shayxontohur tumani hokimligi mas’ullari ishtirok etdi.

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Shayxontohur tumanida foydalanishga topshirilgan 241-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi 1960 yilda qurilgan bo‘lib, shu kunga qadar mukammal ta’mirdan chiqarilmagan edi. Endilikda, kichkintoylarning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan mazkur bolalar bog‘chasi 150 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga oladi.

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Turli ertak qahramonlari aks etgan bolalar maydonchasi, oshxona, yuvinish xonasi, tibbiy punkt, yumshoq mebellar jamlanmasi, yozgi basseyn hamda zamonaviy o‘yin maydonchalari kichkintoylar xizmatida. Bolajonlar uchun kundalik mashg‘ulotlardan tashqari, rus, ingliz tili, rasm chizish, raqs to‘garaklari ham tashkil etilgan.

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

Sergeli tumanidagi 564-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi kapital ta’mirdan chiqarilib foydalanishga topshirilgani «Xalqobod» mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini behad quvontirdi.

Mazkur 110 o‘ringa mo‘ljallangan muassasada yaratilgan o‘yin maydonchalari, musiqa va sport zallari zarur qo‘llanma hamda ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlangani yosh avlodning zamonaviy bilimlarni puxta o‘zlashtirishi uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.

Foto: Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring