Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi

Toshkent shahar hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi

Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi Kichik avtomobil xalqa yo‘li bo‘yicha (sobiq General Uzoqov ko‘chasi) issiqlik trassasi qayta yotqizilishi bois noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

— 2018-2019 yillar kuzgi-qishki isitish mavsumining tugaganligi va Toshkent shahrida kelgusi 2019-2020 yillar isitish mavsumiga sifatli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “TOSHISSIQQUVVATI” DUK tomonidan Shayxontohur tumanidagi Kichik avtomobil xalqa yo‘li bo‘yicha (sobiq General Uzoqov ko‘chasi)da issiqlik trassasining eskirgan uchastkasini qayta yotqizish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Ta’mirlash ishlari issiq suv ta’minoti to‘xtatilmagan holatda 2019 yilning 27 martidan 2019 yilning 27 apreliga qadar bajariladi.

Shu davrda ta’mirlash ishlari bajarilayotgan hududda harakatlanayotgan haydovchilar va piyodalarning ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishlari talab etiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring