Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatining ayrim hududlari poytaxt tarkibiga o‘tkazildi

Toshkent viloyatining ayrim hududlari poytaxt tarkibiga o‘tkazildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent viloyatining 19 729,41 gektar yer maydoni Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazildi.

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida aytiladi.

Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan Yuqori Chirchiq tumanidan 17 323,32 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 2 406,1 gektar yer maydonlari Toshkent shahrining Yangi Toshkent tumani tarkibiga o‘tkazildi.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi 33 ta MFY, shundan 20 ta to‘liq, 13 ta qisman hamda O‘rta Chirchiq tumanidagi 7 ta MFY, shundan 4 ta to‘liq, 3 ta qisman bo‘lgan hududlari Toshkent shahri tarkibidagi Yangi Toshkent tumaniga o‘tkazilishi belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring