Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent teleminorasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi

Toshkent teleminorasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi

Foto:«Xabar.uz»

Prezident ilgari surgan beshta muhim tashabbusning uchinchisi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Aynan shu maqsadda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga qarashli 30-sonli mehribonlik uyining 20 nafar o‘quvchilari uchun Toshkent teleminorasiga sayohat uyushtirildi.

Tadbir AKT vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamda «Toshkent radioteleuzatish markazi» DUK hamkorligida tashkil etildi.

Tashrif davomida o‘quvchilarga Toshkent teleminorasining qurilish tarixi va uning texnik xususiyatlari haqida qisqacha malumot hamda zamonaviy tele va radioeshittirish qurilmalari haqida qiziqarli malumotlar berildi. 375 metr balandlikdagi Toshkent teleminorasi Markaziy Osiyodagi kuzatuv maydonchasiga ega eng baland binolar reytingiga kiritilgan va Markaziy Osiyoda ikkinchi eng baland bino hisoblanadi.

Teleminora foyesida muzey tashkil etilgan bo‘lib, uning ekspozitsiyasida dunyodagi barcha shunga o‘xshash inshootlarning maketlari o‘rin olgan. Bolalar boshqa teleminoralarning maketlari bilan tanishib, o‘z bilimlarini boyitishga muvaffaq bo‘ldilar.

110 metr balandlikda joylashgan kuzatuv maydonchasiga ekskursiya davomida bolalar xursandchiliklarini yashira olmadilar. Bu yerdan butun poytaxtning ajoyib manzarasi ochiladi, o‘quvchilar o‘z ona shahrining go‘zalligidan kush parvozi balandligidan  bahramand bo‘lishdi.

— Menga ayniqsa durbindan shaxarni tomosha qilish yoqdi. Boshqa teleminoralarning maketlarini ham ko‘rdik, menimcha, Toshkent teleminorasi ular orasida o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Men kompyuterni, informatikani yaxshi ko‘raman va kelajakda dasturchi bo‘lishni orzu qilaman. Buning uchun men yaxshi o‘qishim kerak. — Artur Kirillov (15 yosh), Toshkent shahar, Yashnobod tumani xalq t’limi bosh boshqarmasi qoshidagi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi.

Ekskursiyadan so‘ng teleminora restoranida bolalar uchun dasturxon yozildi, sovg‘alar ulashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring