Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligida tayinlov

Toshkent shahar hokimligida tayinlov

Foto: «Xabar.uz»

2018-yil 24-may kuni Rizashov Azamjan Mahamadjanovich Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar tarqatdi.

Rizashov Azamjan Mahamadjanovich
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Bugunga qadar Rizashov Azamjan Obodonlashtirish bosh boshqarmasi Kanallarni saqlash, foydalanish, ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasi boshliq o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

A.Rizashov 1967-yil Osh viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 1991-yil Toshkent avtomobil yo‘llar instituti tamomlagan.

2002-2006-yillarda — Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi o‘rinbosari, 2006-2012-yillarda — Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi, 2012-2014-yillarda — «Maxsustrans» korxonasi bosh muhandisi lavozimlarida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring