Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi foydalanishga tayyor holatga keltirildi

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishi foydalanishga tayyor holatga keltirildi

Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida qurilish ishlari yakunlandi. Uzunligi 2,9 kilometr bo‘lgan «Turkiston» va «Yunusobod» metro bekatlari «Shahriston» bekatiga ulandi. Metro poyezdlarining sinov tariqasida harakatlanish ishlari amalga oshirildi.

Ushbu loyiha «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Ko‘prikqurilish tresti» unitar korxonasi tizimidagi 67-Ko‘prikqurilish otryadi mutaxassislari tomonidan bajarildi. Ob’yektning umumiy qiymati 103,8 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Metroda imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz yo‘lovchilar uchun bekatlar platformasida qulay va xavfsiz maxsus bo‘rtib chiqqan taktil plitkalar yotqizilgan. Shuningdek, bekatlarga tushish va chiqish zinalarida nogironlar aravachasi bilan kirib chiqishda foydalaniladigan zamonaviy qiyali elektromobil aravachalari bilan jihozlanganligi imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarning zinalardan tushish va ko‘tarilishi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

«Turkiston» bekatining ichki qismi oppoq marmar plitalar bilan bezatilgan bo‘lib, 100 metrlik perron va unda 2 qator oq marmar toshlar bilan pardozlangan ustunlar o‘rnatilgan. Bekat devorining bir tomoniga O‘zbekistonga qo‘shni bo‘lgan Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda Turkmaniston davlatlarining diqqatga sazovor joylari, tarixiy maskanlari, ikkinchi tomoniga esa yurtimizning qadimiy Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent shaharlari hamda Farg‘ona viloyatining tarixiy maqbaralari, muqaddas qadamjolari mozaika ko‘rinishidagi suratlar ishlangan.

Yunusobod liniyasi yangi bekatlar bilan hisoblaganda 8 ta bekatdan iborat. Ahmad Donish ko‘chasida qurilgan «Turkiston», «Yunusobod» hamda mavjud «Shahriston», «Bodomzor», «Minor», «Abdulla Qodiriy», «Yunus Rajabiy», «Ming o‘rik» dan iborat. Ushbu liniyaning yangi bekatlari foydalanishga topshirilgach bir kunda «Yunusobod» bekatida qo‘shimcha 5 ming yo‘lovchiga, «Turkiston» bekatida esa 2 yarim ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabr oyida tuproq o‘pirilishi natijasida metro qurilishida ishlayotgan 6 yigit vafot etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring