Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent metrosi uchun keltirilgan yangi vagonlar taqdimoti o‘tkazildi

Toshkent metrosi uchun keltirilgan yangi vagonlar taqdimoti o‘tkazildi

Foto: Railways.uz

31-avgust kuni, O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi poyezdlarning tantanali taqdimoti o‘tkazildi.

Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning «Metrovagonmash»ida Toshkent metropoliteni uchun maxsus ishlab chiqarilgan 20 ta yangi vagon 20-avgust kuni Toshkentga yuborilgandi. Ulardan 5 ta metropoyezd shakllantirildi.

Xabarda aytilishicha, ushbu 5 ta harakat tarkiblarda sozlash ishlari yakunlangach, Toshkent metropolitenining eng gavjum hisoblangan Chilonzor yo‘nalishiga qo‘yiladi.

Yangi vagonlar bir qator texnik imkoniyatlar va afzalliklarga ega:

- vagonlar orasidagi germetik «garmoshka» ko‘rinishidagi o‘tish joylari yo‘lovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha o‘tish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sig‘imini oshiradi;
- yo‘lovchilar saloni har bir tomonda to‘rttadan bo‘lgan avtomatik va ikki qavatli eshiklar o‘rnatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani yo‘lovchilarni tasodifan qisilib qolishining oldi olingan;
- salondagi haroratni o‘rnatilgan konditsioner, isitish va shamollatish tizimi ta’minlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo‘llanilgan;
- har bir vagon telekanallar translyasiyasi imkoni bilan birga yo‘lovchilarga zamonaviy ma’lumot uzatish tizimi bilan ta’minlangan;
- har bir vagon videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar mavjud, yong‘inni avtomatik payqash va o‘chirish tizimi ham mavjud;
- mashinist kabinasida yo‘llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.

Yil oxiriga qadar, shartnomaga ko‘ra, ushbu modifikatsiyadagi yana 20 ta metrovagonni Toshkentga yetkazib berish rejalashtirilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring