Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqarida XXI asr. Qishloqlarimizda esa bunday qo‘rqinchli ahvol (foto)

Tashqarida XXI asr. Qishloqlarimizda esa bunday qo‘rqinchli ahvol (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidagi «O‘tarchi» MFY yangi qishloq aholisidan murojaat keldi.

Ma’lum bo‘lishicha, qishloq  aholisi  bir necha yildan buyon xavf-xatar ostida yashashmoqda. Bunga sabab — qishloqqa elektr simyog‘ochlari o‘rnatilmagani.

Besh yildan buyon qishloqdagi  60 xonadonda yashovchi 500 ga yaqin aholi, shu qatorida, yosh bolalar har kuni shu (rasmdagi) qulbola simyog‘ochlar o‘rnatilgan ko‘chadan o‘tishga majbur. Qishloq aholisi bir necha bor Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti korxonasiga va tuman hokimligiga murojat etgan bo‘lsa-da, bu muammo o‘z yechimini topmagan.

Foto: «Xabar.uz»

— Har safar shamol bo‘lganda yoki yomg‘ir yoqqanda ko‘chaga chiqishga  qo‘rqamiz, o‘zimiz imkon darajamizda  o‘rnatgan qo‘lbola simyog‘ochlarimizda tebranayotgan elektr simi doim bizga xavf soladi. Yaxshi tayanch stolba o‘rnataylik desak, mablag‘imiz yetmaydi. Elektr energiyasi xaqini o‘z vaqtida to‘lab boryapmizku, — deyiladi murojaatda. 

Foto: «Xabar.uz»

XXI asrda yashayapmizu, qishloqlarimizda bunday qo‘rqinchli ahvol. Bu hudud aholisini besh yildan buyon qiynab kelayotgan muammoga mutasaddilar tezda e’tibor qaratishadi va u o‘z yechimini topadi degan umiddamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring