Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taomni oxirigacha yeng, aks holda jarima to‘laysiz

Taomni oxirigacha yeng, aks holda jarima to‘laysiz

Foto: «Germania.one»

Germaniyada har yili milliardlab kilogramm oziq-ovqat chiqindiga tashlab yuborilyapti. «Germania.one» xabar berishicha, oziq-ovqat isrofgarchiligiga jamoatchilik e’tiborini tortish maqsadida Germaniyadagi ayrim restoran va kafelar ovqatini oxirigacha yemagan mijozlar uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etishdi.

— Ko‘pgina umumiy ovqatlanish muassasalari oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishga urinishyapti, — deydi Mehmonxonalar va restoranlar assotsiatsiyasi («DEHOGA») vakili Shtefani Hakkel. — Biz ham buni istaymiz.

Masalan, Shtutgartdagi «Yuoki» restoranida bu tajriba qo‘llanilmoqda. Restoran xo‘jayini Goyyu Luanning aytishicha, bu bilan u restoran mehmonlarini aslo ranjitmoqchi emas. Shunchaki, odamlar o‘z xohish va imkoniyatlariga oqilona baho berishlari kerak. «Yuoko» restorani saytida har bir oxirigacha yeyilmagan taom uchun 1-2 yevro jarima borligi haqida ogohlantiruv joylashtirilgan. Bu jarimalar xayriyaga ishlatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring