Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzila Norboyeva hududlarda tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lini aytdi

Tanzila Norboyeva hududlarda tibbiy xizmat sifatini oshirish yo‘lini aytdi

Foto:«Senat.uz»

Ayni daqiqalarda Senatning o‘n yettinchi yalpi majlisi o‘tkazilmoqda.

Yalpi majlisni olib borayotgan parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Norboyeva o‘z nutqida bir qator dolzarb masalalar, xususan, aholi salomatligini muhofaza qilishga alohida urg‘u berdi.

– Sog‘liqni saqlash xodimlari joylarda uyma-uy yurib, aholi o‘rtasida ko‘proq kaysi kasalliklar kuzatilayotganini aniqlashi kerak, – dedi Senat Raisi T.Narbayeva. – Shu orqali hududlarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish mumkin. Buning uchun jalb etilgan mutaxassislar malakali bo‘lishi, bemorlar dardini tinglay olishi lozim.

Bundan tashqari, aholiga bir martalik tibbiy yordam ko‘rsatish yoki davolash bilan cheklanmasligimiz, hozirgi pandemiya davrida bu masalalarga alohida e’tibor berib ishlash orqali aholining salomatligi saqlash zarur. O‘z navbatida, o‘tkazilayotgan tibbiy xatlov natijalari yuzaki o‘tkazilmasligi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring