Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryo hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Surxondaryo hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oripov Anvar Hamidovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Rajabov Sherzod Abdimuratovich birinchi o‘rinbosar etib tayinlangan.

Sh.Rajabov 1984 yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Termiz davlat universitetini, 2014 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati hokimligi guruh rahbari, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023 yildan buyon Qiziriq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring