Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor tongda tetik va quvnoq ko‘rinish shartini aytdi

Shifokor tongda tetik va quvnoq ko‘rinish shartini aytdi

Tibbiyot fanlari nomzodi Nadejda Patlataya ertalab uyqudan keyin qanday qilib tetik va quvnoq ko‘rinishni aytdi.

Mutaxassisning fikricha, avvalo gimnastika bilan shug‘ullanish shart. Jismoniy mashqlar limfa tomirlari orqali limfa oqimini oshiradi. Tana shish bilan kurasha boshlaydi. Qolaversa, mashg‘ulotlar jismoniy jihatdan kuchayishga yordam beradi.

Bundan tashqari, yetarlicha uxlash ham muhimdir. Kuniga yetti soatdan to‘qqiz soatgacha uxlash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, siz sog‘lom ovqat iste’mol qilishingiz va ortiqcha ovqatlanishdan qochishingiz kerak.

Tuz va sho‘r ovqatlar shish paydo bo‘lishiga olib kelishini unutmaslik kerak.

Mutaxassis yetarli miqdorda suv ichish kerakligini ta’kidladi. Bu tanani toksinlardan tozalashga yordam beradi va qon aylanishini yaxshilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring