Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor stressdan qutulishning antiqa yo‘lini aytdi

Shifokor stressdan qutulishning antiqa yo‘lini aytdi

Inson qorong‘ulik va sukunat yordamida stressdan tezda xalos bo‘lishi mumkin. Bu haqda rossiyalik fizioterapevt Svetlana Malinovskaya ma’lumot bermoqda.

Mutaxassisning fikricha, sukunatning foydali xususiyatlari uzoq vaqtdan beri isbotlangan. Tinch muhit nafaqat stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi, balki miya faoliyatini ham yaxshilaydi.

Qorong‘ulikning foydalari haqida kam narsa ma’lum. Biroq, Malinovskaya, inson yolg‘iz qolganda tinchlanishi osonroq, deb hisoblaydi. «Yorug‘lik bo‘lmaganida, ko‘zning fotoreseptorlari miyaga hech qanday javob yubormaydi, shuning uchun asab tizimi «qayta ishga tushadi», deydi shifokor.

Malinovskaya, shuningdek, qorong‘u xonada uxlash kerakligini eslatdi. Yozda qora pardalarni sotib olish yaxshi variant sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring