Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor qarishni sekinlatishning oson yo‘lini aytdi

Shifokor qarishni sekinlatishning oson yo‘lini aytdi

Glisemik yuki past bo‘lgan ovqatlar qarishni sekinlashtiradi. Bu haqda diyetolog, tibbiyot fanlari doktori Mixail Ginzburg ma’lum qildi, deya yozadi «Moskovskiy komsomolets».

Mutaxassisning fikricha, bunday oziq-ovqatlar insonning tashqi ko‘rinishi va uning farovonligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, saraton xavfini kamaytiradi.

Shifokor ratsionga ko‘proq xun tolasini, shu jumladan kepakli non, grechka va boshqa donlarni kiritishni tavsiya qildi (ular qaynatilib iste’mol qilinmasligi kerak).

Ginzburg, shuningdek, muntazam ravishda sabzavot, yovvoyi rezavorlar, baliq, yong‘oqlar, zanjabil, dukkaklilarni iste’mol qilishni maslahat berdi.

Shu bilan birga, shakar iste’molini imkon qadar cheklash va asosiy oziq-ovqat sifatida oq non, guruch va kartoshkadan voz kechish kerak, deya xulosa qildi shifokor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring