Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor bug‘doy unini kamroq iste’mol qilishga chaqirdi. Sabab?

Shifokor bug‘doy unini kamroq iste’mol qilishga chaqirdi. Sabab?

Foto: Xabar.uz

Rossiyalik endokrinolog va gastroenterolog Dilyara Lebedeva bug‘doy uni va undan tayyorlangan mahsulotlarning zarari haqida ma’lumot berdi. 

Mutaxassisning fikricha, bu unning biologik foydali qiymati juda past. Shu bilan birga, u yuqori kaloriya tarkibiga ega va tarkibida ichakda foydali moddalarning to‘liq so‘rilishiga imkon bermaydigan kleykovina mavjud. Shu sababli bug‘doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni kamroq yeyish maqsadga muvofiq. 

Shifokor, iloji bo‘lsa, bug‘doy unini guruch, bodom, yong‘oq yoki grechka bilan almashtirishni maslahat beradi.

Bu, ayniqsa, semizlikdan aziyat chekuvchilar va  diabetga chalinganlar uchun to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring