Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHT siyosiy partiyalari forumida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasiga Narimon Umarov boshchilik qildi

ShHT siyosiy partiyalari forumida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasiga Narimon Umarov boshchilik qildi

Foto: «Adolat» SDP axborot xizmati

Xitoyning Shenchjen shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar partiyalarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Unda xitoylik va xorijiy mamlakatlardan 200 ga yaqin vakillar, jumladan, 20 ta davlatdan 30 dan ortiq siyosiy partiyalar, shuningdek, hamkor va kuzatuvchi maqomiga ega mamlakatlar ham ishtirok etdi. Bu haqda «Adolat» SDP rasmiy sayti xabar berdi.

Aytilishicha, forumda O‘zbekiston delegatsiyasiga «Adolat» SDP raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Narimon Umarov boshchilik qildi.

N.Umarov forumda so‘zga chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdi. U shu bilan birga partiyaning mamlakatimiz siyosiy maydonida tutgan o‘rni va roli, oldiga qo‘ygan dasturiy maqsad-vazifalari, amalga oshirayotgan ishlari hamda tashabbuslari haqida batafsil ma’lumot berdi. ShHT davlatlari siyosiy partiyalari o‘rtasida ta’lim, sog‘liqni saqlash va ilm-fan sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring