Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shaxmat federatsiyasidagi moliyaviy operatsiyalar o‘rganildi

Shaxmat federatsiyasidagi moliyaviy operatsiyalar o‘rganildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasidagi moliyaviy operatsiyalar o‘rganildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Shaxmat federatsiyasiga 2020-2021 yillar davomida davlat budjetidan mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilmaganligi, faqatgina Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga asosan o‘tkazilgan sport tadbirlari uchun Turizm va sport vazirligi tomonidan mablag‘lar moliyalashtirilganligi aniqlandi.   

Jumladan, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga 2020 yil uchun mablag‘ ajratilmagan, 2021 yil davomida esa jami 6 ta tadbir uchun 2 mlrd. 834,8 mln. so‘m mablag‘ moliyalashtirilib, federatsiya tomonidan 2 mlrd. 208,4 mln. so‘m sarflangan holda, qolgan 626,4 mln. so‘m mablag‘lar vazirlikka qaytarilgan.

Shaxmat federatsiyasi nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lgani bois, to‘plangan hujjatlar «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi Qonunning 34-moddasiga asosan Adliya vazirligiga yuborildi, deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring