Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident qarori bilan «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktiriladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi:

- tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash;

- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy uslub va ijtimoiy texnologiyalarni tatbiq etish va boshqalarda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga doimiy ravishda ko‘maklashadi;

Shuningdek, Davlat bojxona qo‘mitasiga mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘mitaning maxsus jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish huquqi berildi.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi:

- 2023-2024-yillarda DBQ bilan birgalikda «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarining hududida videokuzatuv moslamalarini o‘rnatilishini ta’minlaydi;

- 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab Xalq ta’limi vazirligi, SSV hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tasdiqlangan reja-grafik asosida «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylaridagi tarbiyachilarni har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o‘qitish tartibini joriy etadi;

- 2023-yil 1-iyunga qadar SSV bilan birgalikda ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan shaxslarning zamonaviy abilitatsiya va reabilitatsiya muolajalaridan o‘tishi uchun «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari negizida zarur texnologik sharoitlar yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring