Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev OAV va blogerlar faoliyatiga qanday baho berdi? (video)

Shavkat Mirziyoyev OAV va blogerlar faoliyatiga qanday baho berdi? (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun 7-dekabr kuni «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Xushnudbek.uz kanalining yozishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida so‘nggi uch yilda erishilgan yutuqlardan biri sifatida mamlakatda so‘z erkinligi va ochiqlik siyosati yo‘lga qo‘yilganini alohida e’tirof etdi.

«Katta rahmat, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga. Ko‘p-ko‘p narsalar O‘zbekistonda ochiq aytilyapti, hamma buni ko‘rib turibdi. Lekin bitta narsani bilinglar, bu ochiqlik hech qachon orqaga qaytmaydi! Qancha ko‘p ochiqlik bo‘lsa, ommaviy axborot vositalari odamlarimizga haqiqiy muammolarni qancha ko‘p yetkazsa, men rahbar sifatida ulardan minnatdor bo‘laman», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, prezident O‘zbekistonda hech kim OAVning qonuniy faoliyatiga tazyiq o‘tkazmasligini qat’iy ta’kidlagan.

«Tanqid albatta kerak. Mana tanqid bo‘lyapti, xulosa ham bo‘lyapti. Lekin biz hammamiz izlanishdamiz, o‘rganishdamiz. Yangi O‘zbekiston quryapmiz, bir-birimizga tayanib, xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Yana bir marta takrorlayman, hamma bilishi kerak: O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga hech qanday shaklda tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi», deya qayd etdi prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring