Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahar shovqini qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

Shahar shovqini qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?

Shahar shovqinining doimiy ravishda oshib borayotgan darajasi inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, dedi Rossiyada I.I. Mechnikov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy davlat tibbiyot universitetining kommunal gigiyena kafedrasi mudiri Kirill Fridman.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar shahar shovqiniga tez moslashadi. Uning organizm, binolar, ko‘priklar va yodgorliklarga qanchalik ta’sir qilishini xayollariga ham keltirishmaydi. Odatdagi ko‘rsatkichlar darajasining o‘zgarishlarini shahar aholisi unchalik sezmaydi. Shu bilan birga, shovqin elektromagnit va radiatsiya chiqindilari bilan birga atrof-muhitni ifloslantiruvchi omillardan biri sanaladi.

Ekspertning ta’kidlashicha, doimiy yuqori shovqin darajasi faqatgina eshitish a’zolariga tahdid solmaydi.

«Asab tizimi orqali doimiy shovqin ta’siri nevrozlarni, nobarqaror ruhiy holatni keltirib chiqaradi», – shifokor shovqindan kelib chiqadigan kasalliklarni sanab o‘tdi.

Bu yurak-qon tomir kasalliklari, gipertenziya va hatto miokard infarktiga olib kelishi mumkin.

Shovqinning asosiy manbai shahar transportidir. Misol uchun, Sankt-Peterburg markazida hatto avtomobillar unchalik ko‘p yurmaydigan ko‘chalarda ham shovqin darajasi kunlik me’yordan 20 detsibelga ortiqdir. Mutaxassisning izohlashicha, gap tarixiy binolarning o‘ziga xos xususiyatlarida. Binolarning yaqin joylashishi tufayli tovush tebranishlari yana-da kuchayadi.

Shifokorlar shovqinli joylardan iloji boricha qochishni tavsiya etadi. Kvartiralarda tovushni susaytiruvchi vositalardan foydalanish lozim. Shu bilan birga, hovlilar orqali har kuni piyoda yurishni rejalashtirish darkor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring