Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardor Umrzoqov o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Sardor Umrzoqov o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

2022-yil 16-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xo‘jayev nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar.

Eslatib o‘tamiz, Jamshid Xo‘jayev qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangunga qadar tashqi savdo vaziri sifatida ishlagandi.

O‘shanda Jamshid Xo‘jayevning o‘rnini (vazirlik qayta tashkil etilgach) Sardor Umurzoqov egallagandi.

Avvalroq Sardor Umurzoqov Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring