Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqanddagi Ziyovuddin shaharchasida ko‘p yillik daraxtlar kesilmoqda (foto)

Samarqanddagi Ziyovuddin shaharchasida ko‘p yillik daraxtlar kesilmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Ziyovuddin shaharchasi, Istiqlol ko‘chasida ko‘p yillik daraxtlar kesilmoqda. «Xabar.uz»ga xabar berilishicha, bugun 2-oktyabr kuni tongdan ushbu holat qayd etilgan.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Tuman obodonlantirish boshqarmasi vakilining aytishicha, shu ko‘chadagi (uzunligi 800 metr) 49 tup ko‘p yillik daraxtni kesish uchun tuman hokimining qarori chiqarilib, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasining ruxsati olingan ekan.

Ta’kidlanishicha, Ziyovuddin shaharchasi «Obod markaz» dasturiga tushganligi uchun bugungi kunda qurilish va buzilish ishlari olib borilyapti.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov topshirig‘i bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingandi. Ushbu loyihada 2020- yil 1-fevraliga qadar davlat o‘rmon fondiga kiritilmagan daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etish rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring