Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 7 oyda qancha shaxs muddatidan ilgari jazodan ozod etildi?

Samarqandda 7 oyda qancha shaxs muddatidan ilgari jazodan ozod etildi?

2020-yil boshidan buyon jinoyat ishlari bo‘yicha (JIB) Samarqand viloyati sudlari  tomonidan shaxsni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingani haqida ma’lumot berildi.

JIB viloyat sud raisi o‘rinbosari O‘. Mamadalevning ma’lum qilishicha,  o‘tgan yetti oy mobaynida Jinoyat kodeksining 73-moddasi (jazodan shartli ozod qilish)  tartibida bir yarim mingdan ziyod ishlar ko‘rib chiqilgan. Buning natijasida 23 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilish, 550 shaxs ozodlikdan cheklash, 210 shaxs muayyan huquqdan mahrum qilish, 671 nafar shaxs  esa axloq tuzatish ishlari kabi jazolar o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. Ozod qilingan shaxslarning 1307 nafarini erkaklar (10 nafari voyaga yetmaganlar, 453 nafari yoshlar va 48 nafari 60 yoshdan oshganlar), 147 nafarini ayollar (33 nafari yoshlar va 10 nafari 60 yoshdan oshganlar) tashkil etadi. Bundan tashqari 265 shaxsga nisbatan avval tayinlangan jazolar  yengilroq turlariga almashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring