Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga poyezdda keladimi?

Rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga poyezdda keladimi?

Foto: «Yevrorouming»

«OneTwoTrip»  servisi rossiyalik sayyohlar 2019-yilda qaysi mamlakatlarga borish uchun poyezd chiptalarini eng ko‘p sotib olishganini aniqladi, deya xabar berdi «Gazeta.ru».

Rossiyalik turistlar 2019-yilda temiryo‘lda eng ko‘p Belarusga borishgan — jami chiptalarning 47,7 foizi.

Ikkinchi o‘rinda — Ukraina (18,3 foiz), uchinchi — Finlyandiya (8 foiz).

Qolaversa, rossiyaliklar o‘rtasida eng ommalashgan temiryo‘l marshrutlari orasida Qozog‘iston, Estoniya, Latviya, Moldova, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Tojikiston ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring