Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya O‘zbekiston va yana beshta davlat bilan aviaqatnovlarni tiklamoqda

Rossiya O‘zbekiston va yana beshta davlat bilan aviaqatnovlarni tiklamoqda

Foto: «Mail.russkiymir.ru»

Rossiya 1-apreldan Germaniya, Venesuela, Suriya, Tojikiston, O‘zbekiston va Shri-Lanka bilan parvozlarni qayta tiklaydi, deya xabar berdi Rossiya Federatsiyasi koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab.

Xabarga ko‘ra, Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari Tatyana Golikova tezkor shtab yig‘ilishini o‘tkazgan va ushbu yig‘ilishda aviaqatnovlar tiklanishi to‘g‘risida aytib o‘tgan.

«Muhokama natijalariga ko‘ra, ayrim mamlakatlarda epidemiologik vaziyatni hisobga olib, Bosh vazir Mixail Mishustin bilan kelishilgan holda 2021-yil 1-apreldan boshlab Venesuela bilan muntazam xalqaro reyslarni tiklashga qaror qilindi (Moskva-Karakas haftasiga ikki marta), Suriya (Moskva-Damashq haftasiga bir marta), Tojikiston (Moskva-Dushanbe haftasiga bir marta), O‘zbekiston (Moskva-Toshkent haftasiga bir marta) va Shri-Lanka (Moskva-Kolombo haftasiga bir marta)», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, 1-apreldan Germaniyaning aviatsiya ma’murlari bilan kelishilgan holda o‘zaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlar Frankfurt — Moskva — Frankfurt — haftasiga besh marta, Frankfurt — Sankt-Peterburg — Frankfurt — haftada uch marta, Moskva — Berlin — Moskva — haftasiga besh marta va Moskva — Frankfurt — Moskva — haftasiga uch marta aviaparvozlar rejalashtirilgani aytib o‘tilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring