Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rektor tashabbusi bilan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Rektor tashabbusi bilan bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Davlat rahbarining tashabbusi bilan joriy yil «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash» yili deb nomlangan. Shunday ekan, yoshlik va sog‘lik e’tiborga muhtoj bo‘lgan tushuncha. Xoh mehnat jamoasida bo‘lsin, xoh ta’lim muassasasida bo‘lsin, unda faoliyat yuritadigan insonlarning salomatligi muhim boylikdir.

Xuddi shu maqadda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori O‘.Umurzoqovning tashabbusi va O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi bilan hamkorlikda ta’lim muassasa pedagoglari va texnik xodimlarining salomatligi uchun bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Bepul tibbiy ko‘rikning ahamiyati haqida kengash raisi Botirjon Sodiqov o‘z mulohazasini bildirdi: «aholi sog‘lomligi har narsadan ulug‘, bu harakatimiz insultning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, bu faoliyatni biz muntazam ravishda o‘tkazib turamiz, chunki jamoaning salomatligi ish unumini oshishiga xizmat qiladi, ish va ta’lim jarayoni bilan band bo‘lib vaqt topa olmayotgan professor o‘qituvchilar uchun  bu ishimiz asqotishi aniq».

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi asab tizimi bo‘yicha malakali mutaxassislar, tajribali nevrologlar bu xayrli tashabbusga jalb etildi.

«Sog‘lom tanda sog‘ aql» degan xalq maqoli ham bejiz aytilmagan. Shunday ekan, har birimizning salomatligimiz haqida qayg‘urish davlatimiz va hukumatimizning doimiy e’tiborida ekani  va bu siyosatni qo‘llab-quvvatlash har birimizning burchimiz, qolaversa, davr talabidir.

Institut matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring