Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurolli Kuchlarning axloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasi tasdiqlandi

Qurolli Kuchlarning axloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasi tasdiqlandi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari axloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror imzolandi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa Doktrinasi to‘g‘risida»gi qonuni hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasining harbiy tashkiloti faoliyatining amaldagi qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazasi asosida Qurolli Kuchlarning harbiy harakatlarini axloqiy-ruhiy ta’minlash sohasidagi qarashlar, asosiy tushunchalar, maqsad va vazifalar, qonuniyat va tamoyillar, yo‘nalishlar, shakl hamda usullar tizimini o‘zida aks ettiradi.

Konsepsiyada Markaziy Osiyo mamlakatlarida inqirozli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ichki siyosiy barqarorlikka tahdidlar, axborot kommunikatsiya makonida O‘zbekiston Respublikasining suverenitetiga, mustaqilligiga, hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan hamda aholining tinch hayotiga tahdid soluvchi ehtimoliy mafkuraviy va psixologik harakatlarga qarshi kurashish yo‘llari keltirib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun: Axloqiy-ruhiy ta’minot bu — Qurolli Kuchlar boshqaruv organlari, qo‘mondonlar, shtablar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari, boshqa boshqaruv organlari va mansabdor shaxslar tomonidan shaxsiy tarkibning har qanday vaziyatlarda qo‘yilgan vazifalarni so‘zsiz bajarilishini ta’minlaydigan  yuqori axloqiy-ruhiy holati va boshqa sifatlarini shakllantirish, saqlab turish va tiklash bo‘yicha maqsadlari, vazifalari, joyi, vaqti, ketma-ketligi, jalb qilinadigan kuch va vositalari bo‘yicha muvofiqlashtirilgan  harakatlar majmuidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring