Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonun qabul qilindi: saylovlar vaqti o‘zgaradi

Qonun qabul qilindi: saylovlar vaqti o‘zgaradi

Illyustrativ foto

«Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-670, 08.02.2021-y.) qabul qilindi.

O‘zgartirishga ko‘ra, Prezidentlikka saylov, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi (ilgari dekabr oyida  edi).

Shuningdek, saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari saylov uchastkalari tuman va shaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuzilgan).

Endilikda Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring