Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qatortol»da kunu tun ishlaydigan turistik ko‘cha, «Bo‘rijar» kanalida gastronomik sayilgoh, «Chilonzor City» va boshqalar — Chilonzorni kambag‘allikdan chiqarish dasturi e’lon qilindi

«Qatortol»da kunu tun ishlaydigan turistik ko‘cha, «Bo‘rijar» kanalida gastronomik sayilgoh, «Chilonzor City» va boshqalar — Chilonzorni kambag‘allikdan chiqarish dasturi e’lon qilindi

Toshkent shahar Chilonzor tumanini Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va «yashil texnologiyalar» hamda boshqaruvda zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan Chilonzor tumanini 2024 yilda rivojlantirish, kambag‘allikdan holi hududga aylantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilangan.

Toshkent shahar hokimligi, Markaziy banki va tijorat banklari bilan birgalikada 2023-2024 yillarda Chilonzor tumani hududidan Do‘mbirobod, Kichik halqa yo‘li, Dilxush 2-tor ko‘chasi kesishmalari oralig‘ida joylashgan yo‘l bo‘yidagi aholi xonadonlari hamda xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini egalari bilan kelishgan holda renovatsiya asosida ko‘p qavatli qilib qayta qurish va 1-qavatida yangi zamonaviy xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish choralarini ko‘rish topshirilmoqda.

Shuningdek, Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Bo‘rijar» kanalining ikki yon-atrofini obodonlashtirish orqali kanal atrofida aholi dam olish maskani va sport maydonchalari, umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalarini o‘z ichiga olgan gastronomik ko‘cha (sayilgoh) tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Chilonzor tumani «Qatortol» ko‘chasida 24 soat uzluksiz faoliyat yuritadigan yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish hisobiga turistik ko‘chaga aylantirish taklifi ma’qullanmoqda.

Chilonzor tumanidagi Boshqaruv servis kompaniyalari hamda uydagi joylar mulkdorlari umumiy yig‘ilishining qarori negizida xududdagi ko‘p qavatli uy-joylarni yer to‘lasidan samarali foydalanish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ko‘p kavatli uylarning yer to‘lalarini ta’mirlash uchun kreditlar ajratilishi ta’minlanishi belgilanmoqda.

Dastur doirasida «Chilonzor City» zamonaviy turar joy majmuasini tashkil etish ham nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring