Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshida zamonaviy DXM binosi ochildi (foto)

Qarshida zamonaviy DXM binosi ochildi (foto)

Foto: Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati

Qarshi shahrida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi. Bu haqda agentlik matbuot  xizmati xabar berdi.  

Mazkur markaz respublika miqyosida eng yiriklaridan bo‘lib, uning ichki va tashqi manzaralarida zamonaviy arxitektura yutuqlari va milliyliu darajasida uyg‘unlashtirilgan.

Bu yerda 48 ta xizmat ko‘rsatish oynasi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish doirasi va maxsus infokiosklar, elektron auksionda ishtirok etish uchun xona, elektron navbat tizimi, investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan biznes-uchrashuvlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan xona, anjuman va seminarlar uchun konferens zal, bufet va, albatta, kutubxona hamda bolalar maydonchasi ham joy olgan.

To‘lovlarni amalga oshirish uchun Markazda 2 ta bank kassalari, naqd pul yechish uchun bankomatlar ham ishlab turibdi.

Shuningdek, bu yerda mobil telefonlarni quvvatlovchi ashyolar va bepul Wi-Fi o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan markazga tashrif buyurgan fuqarolar bemalol foydalanishlari mumkin.

Shu yerning o‘zida notarius, FHDYo bo‘limi, adliya bo‘limi, sug‘urta tashkiloti filiallari ham joylashgan. Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini endi markazda joylashgan YHXB bo‘limining maxsus xonasidan olish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasi ham Markaz binosida fuqarolarni qabul qilishga tayyor.

Tashrif chog‘ida, fuqarolarga bepul asosda yuridik maslahat beruvchi «Madad» huquqiy maslahat byurosi xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring