Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Namanganda xalq orasida (foto)

Prezident Namanganda xalq orasida (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida Prezident korteji kutilmaganda To‘raqo‘rg‘on tumani dehqon bozori yonida to‘xtadi. Davlatimiz rahbari xalq ichiga kirib borib, odamlar bilan samimiy muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror qilish, aholi turmush darajasini oshirish yo‘lidagi islohotlar xalq bilan bamaslahat davom ettirilishini ta’kidladi. Jumladan, Namangan viloyatining har bir tumaniga katta miqdorda investitsiyalar kiritish, yangi korxonalar, sanatoriylar, maktablar qurish, ishchi joylar yaratish bo‘yicha ulkan loyihalar boshlanganini aytib o‘tdi.

Odamlar Prezidentimiz tashrifidan benihoya xursand bo‘lib, islohotlar natijalari har bir sohada sezilayotganini bildirdi. Namangan viloyati, umuman, mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik izhor etdi.

Ta’kidlash kerakki, xalq bilan muloqot qilish, hamisha xalq bilan birga bo‘lish Shavkat Mirziyoyev faoliyatining asosiy mezonidir. Prezidentimiz har bir hududga, jumladan, 2017-yilda To‘raqo‘rg‘on tumaniga tashrifi chog‘ida ham odamlar bilan muloqot qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring