Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Ekologiya qo‘mitasi raisini nima uchun ishdan olganini ma’lum qildi

Prezident Ekologiya qo‘mitasi raisini nima uchun ishdan olganini ma’lum qildi

Arxiv foto

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida atrof muhitni muhofaza qilishsohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazilmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida ekologiya sohasidagi muammolarga atroflicha to‘xtaldi va Ekologiya qo‘mitasini tanqid qildi.

Bu yo‘nalishdagi muammolardan barchamiz xabardormiz. Lekin, bunga mas’ul bo‘lgan Ekologiya qo‘mitasi, boshqa idoralar va mahalliy hokimliklarning tashabbus va amaliy ishlari ko‘rinmayapti.

So‘nggi 4 yilda sanoat korxonalari 2 baravarga ortib, shaharlarda chang-gaz miqdori me’yordan 4 baravar oshgan.

Atmosferaga tashlanmalarning 90 foizi Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Navoiy, Buxoro, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Guliston va Nukus shaharlariga to‘g‘ri keladi, — dedi davlat rahbari.

Prezident shu bilan birga hududlarda «yashil maydon»lar qisqarib ketgani va yer osti suvlari sathi pasayib ketganiga e’tibor qaratdi.

Hududlarda «yashil maydon»lar 3-4 baravarga qisqarib, o‘rtacha 8 foizdan kamayib ketdi (30 foiz bo‘lishi kerak).

Bu ko‘rsatkich Jizzax va Buxoroda – 8,5 foizdan, Toshkent shahrida – 9 foiz va Sirdaryo va Xorazmda – 11 foizdan.

Yer usti va osti suv sathining keskin pasayishi ham, ekologik vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Misol uchun, Toshkent shahrida yer osti suv sathi – 7 metrgacha, Jizzax shahri va G‘allaorolda – 4 metrga, Chirchiq konida – 8 metrga, O‘sh-Aravan konida – 10 metrga, Shahrisabz konida – 14 metrgacha tushib ketgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari ushbu muammolardan kelib chiqib Ekologiya qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.

Ekologiya qo‘mitasi raisi Maqsudov soha va uning muammolariga kirisha olmadi, hokimlar bilan ishlarni hamkorlikda tashkil eta olmadi. Sohaga xususiy sektorni jalb qilish ishlari to‘xtab qoldi.

Oqibatda, joylarda hokimlar o‘zicha, qo‘mita o‘zicha faoliyat yuritib, tizim ishlamadi. Shu bois, bugun Maqsudovni ishdan oldim., — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring