Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parhezshunos kartoshkani sevib iste’mol qiluvchilarni ogohlantirdi

Parhezshunos kartoshkani sevib iste’mol qiluvchilarni ogohlantirdi

Kartoshka uglevod almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va shu tomonlama sog‘liqqa zararl ta’sir etishi mumkin. Ushbu mahsulotni har kuni iste’mol qilish bilan xavfli kasalliklar rivojlanishining jiddiy xavfi bor, deydi diyetolog Mixail Ginzburg.

Mutaxassisning fikricha, kartoshka uglevodlarni o‘z ichiga olgan kraxmalli mahsulotlar guruhiga kiradi. Ularning parchalanishi qisqa vaqt ichida sodir bo‘ladi va organizmga salbiy ta’sir qiladi, chunki u metabolik jarayonlarning borishini yomonlashtiradi.

Kartoshkani tez-tez iste’mol qiladigan odamlar semirib ketishadi va diabet, ateroskleroz va gipertenziya bilan og‘riydilar, deydi diyetolog.

Shifokor, xavflarni kamaytirish uchun kartoshkani kundalik ratsiondan chiqarib tashlash kerakligini aytdi. Bundan tashqari, uni sovutilgan holda iste’mol qilish yaxshidir, keyin kraxmal sekinroq parchalanadi. Ildizlarni terisi bilan qaynatish kerak, bu ularning haddan tashqari pishishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Uglevodlarning parchalanishi va so‘rilishini yanada sekinlashtirish uchun esa kartoshkali taomlarga ko‘katlar va boshqa sabzavotlar qo‘shish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring