Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zstandart» bolalarga o‘yinchoq sotib olishda ehtiyotkorlikka chaqirdi

«O‘zstandart» bolalarga o‘yinchoq sotib olishda ehtiyotkorlikka chaqirdi

«O‘zstandart» agentligi ota-onalarni Xitoyda ishlab chiqarilgan «Music Lollipop» o‘yinchog‘ini sotib olishda ogohlikka chaqirdi. Bu haqda agentlik veb-sahifasida xabar qildi. 

Xabarga ko‘ra, ushbu o‘yinchoq rusumi «Haunger» bo‘lib, xavf turi — bo‘g‘ilish. Bu o‘yinchoq batareyada ishlaydigan lollipop-shirinligi ko‘rinishida bo‘ladi.

Qayd etilishicha, o‘yinchoq dastagi juda uzun va yosh bola dastakni og‘ziga solib, tiqilib qolishi mumkin. Mahsulot o‘yinchoqlar xavfsizligi to‘g‘risidagi ko‘rsatma va tegishli Yevropa standarti EN 71-1 talablariga to‘laqonli javob bermaydi. Ma’lum qilinishicha, o‘rov-idishi blister oynachali karton qutidan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring