Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMUda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

O‘zMUda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 11 iyunida O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya fakultetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Karim Rahimovning 90 yilligiga bag‘ishlangan «Ovqatlanish va hazm fiziologiyasining nazariy va amaliy aspektlari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Uninversitet rektori A.Marahimov kirish so‘zi bilan tadbirni ochdi. Biologiya fanlari doktori, professor L.Kuchkarova so‘zga chiqib, Karim Rahimovning ona qornida bolaning ovqatlanish va hazm qilish xususiyatlarini onaning nutritiv holatiga bog‘liqligi va ona sutining hazm jarayoni va bolaning rivojlanishini ilmiy jihatdan isbotlab, ona-bola, ona-homila tizimida platsentar-amniotrof yoki laktotrof ovqatlanishning ahamiyatini keng yoritgani, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida ingichka ichakda hazm xususiyatlari yoshga qarab o‘zgarishining o‘ziga xosligi, oziq moddalarning ingichka ichakda gidrolizi va so‘rilishini ontogenez davomida tashqi muhit omillari (harorat, gipokinezaya, giponutritsiya)ni o‘rganib, ozuqa moddalarning assimilyasiyasining mexanizmlarini ilmiy isbotlab berganini ta’kidlab o‘tdi. K.Rahimov va uning shogirdlari tomonidan yana bir yo‘nalish – ovqat hazm qilish tizimi tarkibi va funksiyasining oziq moddalar tarkibiga moslanishi, ya’ni nutritiv adaptatsiyasida gidrolitik fermentlarning dinamik o‘zgarishlari o‘rganildi. Ustoz bo‘shliq va devor oldi (membrana) hazm jarayonlarining sut emizuvchilarning turli tur vaqillarida individual rivojlanishini tahlil qilishga erishdi.

Olim o‘zining biologiya sohasidagi xizmatlari uchun Chexoslovakiyada Chexiya fiziologlar jamiyatining Gippokrat medali bilan taqdirlandi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoniga sazovor bo‘lgan olim ilmiy faoliyati davomida 6 fan doktori va 30 fan nomzodlarini tayyorlashda ishtirok etdi. Bugungi kunda Karim Rahimovning ilmiy g‘oyalarini nafaqat mamlakatimizda, balki AQSh, Isroil, Rossiya singari xorijiy davlatlarning yosh olimlari rivojlantirmoqda.

Anjuman davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati D.Fayziyeva «O‘zbekiston aholisi ovqatlanishining ayrim qonunchilik aspektlari», biologiya fanlari doktori, professor Sh.Qurbonov «Zamondoshlarimizning ovqatlanishdagi ayrim xato va kamchiliklari», tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Yu.Saidova «O‘zbekiston sharoitida bolalarning ovqatlanish xususiyatlari» hamda PhD I.Karimova «Ayrim og‘ir metallarning hazm jarayoniga ta’siri va uni oldini olish» mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Konferensiya doirasida yangi dorivor preparatlarning ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Nurbek Qidiraliyev,

jurnalist,

Kozimjon O‘lmasov olgan suratlar

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring