Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» direktori ogohlantiruvchi xabar bilan chiqdi

«O‘zgidromet» direktori ogohlantiruvchi xabar bilan chiqdi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» direktori Sherzod Habibullayevga ko‘ra, bugun 20:00-23:00 vaqtda respublikamiz bo‘yicha jala yomg‘ir kuzatilishi kutilmoqda. 

Faqat Nukus, Urganch, Andijon shaharlarida jala yomg‘irlar kuzatilmasligi prognoz qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» e’lon qilgan haftalik ma’lumotga ko‘ra, bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi, buning natijasida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, 3-4-aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring