Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik talabalar Koreyada velosiped o‘g‘irlagani tasdiqlandi — TIV

O‘zbekistonlik talabalar Koreyada velosiped o‘g‘irlagani tasdiqlandi — TIV

Foto: Ipne.ws

Mamlakatimizning Seul shahridagi (Koreya Respublikasi) elchixonasining konsullik bo‘limi chet ellik talabalar, jumladan ikki nafar O‘zbekiston fuqarolarining velosipedlar o‘g‘irlagani va Chonju shahri politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.

Elchixona huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring