Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik shifokorlar Germaniyadagi murakkab operatsiyalarda ishtirok etmoqda

O‘zbekistonlik shifokorlar Germaniyadagi murakkab operatsiyalarda ishtirok etmoqda

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan «O‘zbekistonda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash uchun tibbiy va texnik xodimlarning malakasini oshirish» loyihasi doirasida Germaniyada bo‘lib turishibdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida tibbiyot sohasida qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda OPASCA German Oncology Solutions GmbH tomonidan 50 million yevro qiymatidagi eng so‘nggi texnologiya va jihozlar bilan ta’minlangan, zamonaviy klinika bunyod etish hamda Germaniyaning nufuzli Mangeym universiteti klinikasi bilan o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, germaniyalik hamkorlar bilan poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi hududida ko‘p tarmoqli klinika bunyod etish yuzasidan kelishuv imzolandi. Loyihaga 100 million yevro miqdoridagi investitsiya jalb etiladi. Keyinchalik viloyatlarda ham nemis texnologiyasi asosida ishlaydigan shunday ko‘p tarmoqli klinikalar ochilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Germaniyaning Gamburg shahridagi Albertiniy klinikasi shifokorlari bilan hamkorlikda xirurgiya, urologiya, ginekologiya va onkologiya yo‘nalishlarida robotlashtirilgan texnologiyalar yordamidagi murakkab amaliyotlarda faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari, mahorat darslarida qatnashib, robotlashtirilgan texnologiyalarda ishlash ko‘nikmalarini ham hosil qilishmoqda.

Shuningdek, tibbiyot sohasida zamonaviy uskuna va texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi «Philips», «Dräger», «Heinemann», «Weinmann», «Fresenius», «Siemens» kabi kompaniyalarda bo‘lishib, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Bundan tashqari, mamlakatimizda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini ochish va faoliyatini kengaytirish borasida muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring