Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik harbiylar «Alabino»da. «Tank biatloni»ga so‘nggi tayyorgarliklar boshlandi

O‘zbekistonlik harbiylar «Alabino»da. «Tank biatloni»ga so‘nggi tayyorgarliklar boshlandi

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat O‘zbekiston jamoasi Xalqaro armiya o‘yinlarining Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tadigan musobaqalarida ishtirok etish uchun belgilangan manzilga yetib bordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi. 

Ayni damda hamyurtlarimiz Moskva viloyatidagi «Alabino» dala-o‘quv maydonida «Tank biatloni» va «Dala oshxonasi» musobaqasiga so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishmoqda. 

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Harbiylarimiz musobaqa o‘tkaziladigan o‘quv joylari bilan yaqindan tanishib, shartlar buyicha puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Har bir davlatning dala-o‘quv maydoni bir-biridan ma’lum ma’noda farq qilishi tabiiy. Shu bois mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan harbiy xizmatchilar dala-o‘quv maydonining musobaqa bo‘lib o‘tadigan har bir nuqtasini sinchiklab o‘rganib chiqmoqda.

«Tank biatloni» musobaqasida ilk bor ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz 13 ta jamoa bilan kuch sinashadi. Maxsus muxbirlarimizning xabar berishicha, bugun «Tank biatloni» musobakasiga qu’ra tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Jamoamizning yashash shart-sharoitlari, «ArMI – 2019» musobaqasiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni Mudofaa vazirligining mas’ul ofitserlari tomonidan uzluksiz nazorat qilib borilmoqda. Ularga nufuzli musobaqa oldidan so‘nggi ko‘rsatmalar berilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring