Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik 9 320 kishi Rossiya fuqaroligini oldi

O‘zbekistonlik 9 320 kishi Rossiya fuqaroligini oldi

Foto: «Zvezda TV»

2019-yilning yanvar—iyun oylarida markaziy osiyolik 57 695 kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oldi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, eng ko‘p fuqarolik qozog‘istonliklarga berildi — 23 559 kishi.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston — 19 756 kishi. O‘zbekistondan — 9 320, Qirg‘izistondan — 4 499, Turkmanistondan — 561 kishi Rossiya fuqarosiga aylangan.

Umuman olganda, 2019-yilning ilk olti oyida 136 857 nafar xorijlikka Rossiya fuqaroligi berilgan.

Ma’lumot uchun: 2018-yilda 21 067 nafar o‘zbekistonlik RF fuqarosiga aylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring