Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali «Gazprom» dan 300 mln kub metr gaz yetkazib berildi

O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali «Gazprom» dan 300 mln kub metr gaz yetkazib berildi

Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Qozog‘iston hududidan tranzit orqali O‘zbekistonga 300 million kub metr gaz yetkazib berdi.  Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar bermoqda energo-news.ru.

«Gazprom bilan bo‘lgan shartnoma majburiyatlari bajarilmoqda. Taxminan 300 million (kub metr gaz) allaqachon kelgan», – deya ta’kidladi u.

7-oktyabr kuni Rossiya  Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni boshladi.

Tantanali marosimda o‘zbek va qozog‘istonlik rahbarlar Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham ishtirok etdi.

Iyun oyida O‘zbekiston «Gazprom» bilan ikki yillik gaz sotib olish shartnomasini tuzdi.

Shu bilan birga, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi gaz bo‘yicha hamkorlik gorizonti 15 yilni tashkil etadi va uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi 2024-yil o‘rtalarida tuzilishi mumkin, dedi «Gazprom» rahbari Aleksey Miller.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring