Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda turizm bo‘yicha yangi assotsiatsiya tashkil etildi

O‘zbekistonda turizm bo‘yicha yangi assotsiatsiya tashkil etildi
O‘zbekiston sotsial turizm assotsiatsiyasi tashkil etildi.
 
Yangi assotsiatsiya imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya aksiyalarini o‘tkazadi, imkoniyati cheklangan shaxslar sayohat qilishi uchun sharoitlar yaratishga, ekskursiyalar tashkil etishga ko‘maklashadi, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin, jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. 
 
Assotsiatsiya kengashi raisi Izzatillo Xo‘jayevga ko‘ra, endilikda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimiz uchun “Sayohat barcha uchun!” xayriya sayohati tashkil etib boriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring