Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari qasamyod qildi

O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari qasamyod qildi

24-sentyabrda joriy yilda Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich kursantlarining tantanali «Vatanga qasamyod» tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Xususan, erta tongdan Qurolli Kuchlar akademiyasida mazkur oliy harbiy ta’lim muassasasi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga yangi qabul qilingan kursantlar Vatanga qasamyod qabul qildi.

Tantanali tadbirda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a’zolari, harbiy xizmatchilar, ota-onalar va kursantlar ishtirok etdi.

Shuningdek, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida kursantlar Vatanga qasamyod keltirish uchun saf tortdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ham «Vatanga qasamyod» tantanalari yuqori saviyada o‘tkazildi.

Aloqa institutidagi marosimda keng jamoatchilik vakillari yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi yo‘lidagi islohotlar haqida gapirar ekan, barchaning o‘qish va keyingi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring