Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston eng arzon elektr energiyasi bo‘yicha o‘ntalikka kirdi

O‘zbekiston eng arzon elektr energiyasi bo‘yicha o‘ntalikka kirdi

Foto:«Xabar.uz»

Markaziy Osiyoning uchta davlati aholi uchun eng arzon elektr energiyasi bo‘yicha dunyoning yetakchi o‘ntaligiga kirdi. Bu haqda Britaniyaning Cable.co.uk portali ma’lum qildi.

Resurs mutaxassislari 230 mamlakat elektr energiyasi narxlarini tahlil qilishgan. Ma’lum bo‘lishicha, eng arzon energiya manbalari Shimoliy va Markaziy Afrika mamlakatlarida, shuningdek, Markaziy Osiyoning uch mamlakatida qayd etilgan.

Markaziy Osiyo mintaqasida Qirg‘iziston jahon reytingida 4-o‘rinni egallab, yetakchilik qilmoqda. Qirg‘izistonliklar bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 0,017 dollar to‘laydi. Tojikiston 6-o‘rinda, bir kilovatt-soat narxi 0,023 dollarni tashkil etadi.

7-o‘rinni egallagan O‘zbekistonda aholi uchun elektr energiyasi 0,027 dollar ekanligi qayd etilgan. Reytingda yana bir qo‘shnimiz Qozog‘iston (0,039 dollar) 16-o‘rinni egallagan.

Dunyodagi eng qimmat elektr energiyasi Karib dengizi, Tinch okeanining chekka orollarida, shuningdek, Germaniya va Somalida qayd etilgan. Ushbu mamlakatlar aholisi bir kilovatt-soat uchun 0,30 dan 0,69 dollargacha to‘lashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring