Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan yili necha nafar prokuratura xodimiga jiddiy choralar ko‘rilgan? Bosh prokuror ochiqladi

O‘tgan yili necha nafar prokuratura xodimiga jiddiy choralar ko‘rilgan? Bosh prokuror ochiqladi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati 

Bugun Bosh prokuraturada  kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda. Prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtiroki bo‘lib o‘tgan hay’at majlisida davlatimiz rahbarining  2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar hamda prokuratura organlarining mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2019 yildagi faoliyati natijalari muhokama qilindi.

Tanqidiy  ruhda o‘tgan ha’at majlisida o‘tgan yili tizimda amalga oshirilgan qayd etilishi barobarida  «kechagi yutuq va marralar,  sira qoniqtirmasligi» alohida ta’kid etildi. Uktirildiki, barcha darajadagi prokurorlar ayrim raqamlarda aks etgan ijobiy ko‘rsatkichlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlikka berilmasligi kerak.

Binobarin, Hay’at majlisida har bir holat bo‘yicha mas’ullarning izohlari tinglanib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijro muddatlari aniq ko‘rsatilgan topshiriqlar berildi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga ko‘ra, tizimdagi aksariyat rahbarlar ishni rejalashtirishni bilmasligi oqibatida yillar davomida professional faoliyat qolib ketib, vaqti va kuchini behuda sarflashga odatlanib qolgan. Natijada ana shunday kayfiyatda yurgan 180 nafarga yaqin rahbar va xodimlar lavozimidan ozod etilgan yoki boshqa intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati 

Zotan, ularning aybi bilan asosiy yo‘nalish – qonunlar ijrosi ustidan nazorat qoniqarsiz ahvolga tushib qolgan, oddiy odamlarni qiynab kelayotgan ko‘plab muammo va tizimli kamchiliklarga e’tibor qaratilmagan. Vaholanki, prokuratura faoliyatida ijtimoiy sohaga oid qonunlar ijrosi ustidan nazorat ustuvor ahamiyat kasb etishi kerak. Zero, odamlarning ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘luvchi aksariyat muammolar shu sohaga aloqadordir.

shundan kenlib chiqib, mahkama rahbari prokurorlarga aholining ijtimoiy himoyasidagi mavjud muammolarni amalda bartaraf etish, ayniqsa, budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini kuchaytirishlari talabini qo‘ydi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi dolzarb muammolar, xususan onalar va bolalar o‘limi, yuqumli kasalliklar tarqalishi masalalari doimiy e’tibor markazida bo‘lishi shartligi uqtirildi.

«Dori vositalari harakatini nazorat qilish, kontrafakt mahsulotlar aylanishiga chek qo‘yish borasida ham Bosh prokuratura huzuridagi Departamentdan alohida tashabbuskorlik va qat’iyat talab etiladi.

O‘z navbatida, shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni va maqomini mustahkamlash, xalqimiz o‘rtasida ularga nisbatan hurmatni oshirish ishlariga prokuratura organlari ham munosib hissa qo‘shishlari zarur.

Tibbiyot xodimlarini haqoratlash, ularga tan jarohati yetkazish kabi holatlarga nisbatan tezkorlik bilan qat’iy munosabat bildirib, ularning oldini olish choralarini ko‘rish ustuvor vazifalardandir», deyiladi  Bosh prokuratura matbuot xizmati  xabarida.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring